Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Britaniya parlamentining 220 nafar deputati Kir Starmerni Falastin mustaqilligini tan olishga chaqirdi

Britaniya parlamentining 220 nafar deputati Kir Starmerni Falastin mustaqilligini tan olishga chaqirdi

Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

"Mamlakatimiz Falastinning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash imkoniyatiga ega emasligini tushunsak-da, Buyuk Britaniya tomonidan tan olinishi muhim ta’sirga ega bo‘lar edi — bu bizning tarixiy aloqalarimiz va BMT Xavfsizlik Kengashidagi a’zoligimiz bilan bog‘liq", deyiladi murojaatda.

Starmerning ta’kidlashicha, Falastin davlatining yaratilishi — Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘llaridan biridir.

«Falastin davlatini tan olish bu qadamlardan biri bo‘lishi shart. Bu mening yagona pozisiyam», — deb yozdi Starmer X ijtimoiy tarmog‘ida.

U bu masalada yaqin ittifoqchilar bilan ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni Franiya prezidenti Emmanuel Makron Parij yaqin orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 20:15 26.07.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!