Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Kaliforniyada sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlanganlar uchun yig‘ilgan 100 million dollar g‘oyib bo‘ldi"

Tramp: "Kaliforniyada sodir bo‘lgan yong‘inda jabrlanganlar uchun yig‘ilgan 100 million dollar g‘oyib bo‘ldi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlariga yordam berishga qaratilgan FireAid tashabbusini firibgarlik deb atadi va buning uchun yig‘ilgan 100 million dollar mablag‘ yo‘qolganini aytdi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social sahifasida yozdi.

"FireAid" - bu to‘liq falokat. Bu demokratlardan ilhomlangan yana bir firibgarga o‘xshaydi. 100 million dollar g‘oyib bo‘ldi", dedi u.

Kaliforniyaning janubiy qismida, Los-Anjeles hududida, yanvar oyida o‘rmon yong‘inlari tufayli 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 18 mingga yaqin turli binolar vayron bo‘ldi. Jamoat tashkilotlari, jumladan, Demokratik partiyaga aloqador bo‘lganlar yong‘in oqibatida jabr ko‘rgan yoki mol-mulkidan ayrilganlar uchun mablag‘ yig‘ish aksiyasini e’lon qildi. Ushbu tashabbus doirasida 30 yanvar kuni Kaliforniyada qo‘shiqchilar Billi Aylish, Ledi Gaga, Keti Perri va boshqa mashhur ijrochilar ishtirokida xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Taxminan 100 million dollar yig‘ilgan, ammo Fox News telekanali xabariga ko‘ra, mablag‘lar keyinchalik bir qator nodavlat tashkilotlar o‘rtasida taqsimlangan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanganlarga o‘tkazilmagan.

Kiritildi: 11:15 26.07.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!