Poytaxtda ichimlik suvini hisoblashda zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Yangi smart-hisoblagichlar aholi xonadonlariga bepul o‘rnatiladi.
Eski turdagi hisoblagichlar ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasiga o‘z vaqtida kiritilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘lgan.
Ushbu yangi hisoblagichlar esa suv sarfi, iste’moli va bosimini aniqlik bilan o‘lchaydi. Nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlaydi va barcha ma’lumotlarni masofadan uzatadi.
Dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Belgilangan rejaga ko‘ra esa joriy yilning uchinchi choragidan boshlab eski hisoblagichlarni yangisiga almashtirish ishlari Yangihayot tumanida start oladi.