Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada yashovchi Belarus fuqarolari saylovlarda qatnashishi mumkin

Rossiyada yashovchi Belarus fuqarolari saylovlarda qatnashishi mumkin

Vladimir Putin imzolagan yangi qonun bilan endilikda Rossiya Federasiyasida yashovchi Belarus fuqarolari mahalliy saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, ularga mahalliy lavozimlarga o‘z nomzodini qo‘yish imkoniyati ham beriladi.

Qonun Rossiya va Belarus o‘rtasida 1998 yili ratifikasiya qilingan “O‘zaro huquqlar to‘g‘risida”gi bitimga mart oyida kiritilgan o‘zgartirishlardan keyin qabul qilindi. Yangilangan hujjat ikki davlat fuqarolari o‘rtasida teng huquqlilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Belarus yurisdiksiyasida RF fuqarolariga mahalliy saylovlarda qatnashish huquqini beruvchi qonun allaqachon bor. Putin mazkur tashabbus belaruslarni Rossiya fuqarolik jamiyatiga yanada chuqurroq integrasiya qilishini ta’kidladi. Belarus rasmiylari esa kelgusida bu amaliyotni mintaqaviy darajadagi saylovlarga ham tatbiq etish rejasi borligini bildirdi.

Moskva hamda Minsk 1999 yili imzolangan Ittifoq Davlati shartnomasi doirasida umumiy valyuta, yagona huquqiy tizim, qo‘shma mudofaa va tashqi siyosatni ko‘zda tutgan integrasiya siyosatini olib bormoqda.

Kiritildi: 23:07 25.07.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!