Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Endi o‘zbekistonliklar BAAda mashina hayday oladi

Endi o‘zbekistonliklar BAAda mashina hayday oladi

BAA Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 50 dan ortiq davlat fuqarolari, jumladan o‘zbekistonliklar ham BAAda mehmon sifatida bo‘lganida, o‘z mamlakatida olingan haydovchilik guvohnomasi bilan hech qanday nazariy yoki amaliy imtihon topshirmasdan mashina hayday olishadi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yuqoridagi imkoniyat faqat mehmon sifatida borganlarga amal qiladi. Doimiy yashash uchun borgan taqdirda, o‘z mamlakatidagi guvohnomani BAA guvohnomasiga almashtirishi kerak bo‘ladi.

Almashtirish shartlari:

• Almashtirishga ruxsat etilgan davlat guvohnomasi bo‘lishi;

• Amaldagi BAA yashash vizasi bo‘lishi;

• Guvohnoma amalda bo‘lishi;

• Yashash vizasi yosh talabiga mos bo‘lishi;

• Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi.

Almashtirish motosikl va yengil avtomobil kabi turli transport vositalariga ham tatbiq etiladi.

Avvalroq O‘zbekiston va BAA o‘rtasida vizasiz tartib o‘z kuchida ekani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 22:25 25.07.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!