Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Kambodjaning qurolli hujumlarida 15 kishi halok bo‘ldi – Tailand SSV

Kambodjaning qurolli hujumlarida 15 kishi halok bo‘ldi – Tailand SSV

Kambodja bilan chegaradagi harbiy harakatlar oqibatida 15 nafar tailandlik halok bo‘ldi. Yana 46 kishi yaralangan.

Tailand SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, Surin viloyatida besh kishi, Sisaketda to‘qqiz kishi, jumladan, bir askar, Ubonratchatxani viloyatida bir nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan.

Xabarlarda aytilishicha, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik may oyi oxirida – ikki davlat o‘rtasidagi bahsli hududda yuzaga kelgan otishmada kambodjalik askarning halok bo‘lganidan keyin kuchaygan.

24 iyul kuniga kelib esa Kambodja va Tailand harbiylari o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi.

Chegaraga yaqin hududlarda yashovchi o‘n minglab tailandliklar uylarini tashlab chiqishgan. Kambodjalik rasmiylar ham chegara hududlaridan 4 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilinganini bildirdi.

Qurolli to‘qnashuv fonida har ikki tomon og‘ir harbiy texnikalar, artilleriya va aviasiyani qo‘llamoqda.

Kiritildi: 16:15 25.07.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!