Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy-EI sammiti muammolarni hal qilolmadi

Xitoy-EI sammiti muammolarni hal qilolmadi

Evropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashmoqda. Bundan dalolat sifatida Xitoy sammit dasturini ikki kundan bir kunga qisqartirdi — buni Bryussel yengillik bilan qabul qildi.

Pekindagi uchrashuvda Yevrosovet raisi Antoniu Koshta va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Si Szinpin bilan ko‘rishdi. Rasmiy tabassumlarga qaramay, munosabatlar tarang ekani sezildi. Yevropa Xitoyni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga ta’sir ko‘rsatishga ko‘ndirishga urinib keldi, ammo natija bo‘lmadi. So‘nggi vaqtda Pekin hatto ochiqchasiga AQSh prezidenti Donald Trampni Tinch okeani mintaqasidan chalg‘itish maqsadida urushning davom etishiga manfaatdor ekanini yashirmay qo‘ydi.

Bundan tashqari, Xitoy va YEI o‘rtasidagi munosabatlarda boshqa jiddiy muammolar ham bor: xitoy avtosanoatining Yevropadagi raqobati, strategik metallar eksportida shaffoflikning yo‘qligi, Tayvanga tahdidlar, va uyg‘urlarga nisbatan inson huquqlari buzilishi...

Sammitda fon der Lyayen avval Xitoyning texnologik taraqqiyotini maqtab, 800 million odamni qashshoqlikdan chiqarganini e’tirof etdi. Ammo so‘ng shunday dedi: «Biz burilish nuqtasiga yetdik», «Ikkitomonlama munosabatlarimiz qayta yo‘naltirilishi zarur». Bu burilish — YEIning rekord darajadagi 305,8 milliard yevro savdo defisiti.

Si Szinpin javob nutqida aniq talab yoki rejalarni bildirmadi. U o‘zaro ishonch va tushunishni kuchaytirishga chaqirdi hamda: «Evropa oldidagi muammolar Xitoydan kelib chiqmayapti», — deya ta’kidladi.

Sammitda yagona kelishuv — bu ikki tomonning Parij klimati kelishuvidan chekinish qilmaslik bo‘yicha bayonoti bo‘ldi. YEI va Xitoy iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Kiritildi: 15:46 25.07.2025. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!