Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Yaponiyada 12 xonali qadimiy uy tekinga beriladi

Yaponiyada 12 xonali qadimiy uy tekinga beriladi

Yaponiyada 12 xonali, 300 metr kvadratlik qadimiy qo‘rg‘on bepul taqdim etilmoqda. Uy daryo bo‘yida joylashgan bo‘lib, xonadon bilan birga sholipoyalari va bog‘ ham qo‘shib beriladi. Yagona xarajat — kommunal to‘lovlar.

Yangi mulkdor nafaqat uy-joyga, balki to‘laqonli qishloq majmuasiga ega bo‘ladi. Hokimiyat bu orqali tashlandiqqa aylanayotgan qishloqlarni qayta tiklashni va yoshlarni ushbu hududlarga jalb qilishni maqsad qilgan. Bunday tashabbuslar Yaponiyada shaharlarga ko‘chib ketayotgan aholining ko‘payishi tufayli tobora ortib borayotgan tashlandiq uylarni (akiya) qayta tiklash dasturining bir qismidir.

Kiritildi: 15:08 25.07.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!