Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Israel Kas: "Isroil Falastin davlati tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, Fransiya bizni zaiflashtirishga harakat qilmoqda"

Israel Kas: "Isroil Falastin davlati tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, Fransiya bizni zaiflashtirishga harakat qilmoqda"

Isroil alohida Falastin davlatining vujudga kelishini uning xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi va uning tuzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastinni tan olish haqidagi qaroriga izoh berar ekan.

"Biz xavfsizligimizga zarar yetkazadigan, mavjudligimizga tahdid soladigan va Isroil zaminiga bo‘lgan tarixiy huquqimizni poymol qiladigan Falastin birligining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu jiddiy xavfning oldini olish uchun barchamiz birlashamiz", - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kasning so‘zlariga ko‘ra, “Makronning Falastin davlatini tan olish niyati haqidagi bayonoti sharmandalik va terrorizmga taslim bo‘lish, shuningdek, 2023 yil 7 oktyabrda yahudiy xalqiga nisbatan Xolokostdan keyingi eng dahshatli qirg‘inni sodir etgan XAMASdan qotillar va zo‘rlovchilarni mukofotlash va qo‘llab-quvvatlashdir”. "Fransiya prezidenti ushbu og‘ir davrda Isroilni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga uni zaiflashtirishga harakat qilmoqda", deb hisoblaydi Isroil mudofaa vaziri.

Kiritildi: 10:45 25.07.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!