Vashington Moskva va Kiyevni keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish va tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.
Bu haqda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Tommi Pigott ma’lum qildi.
"Aytishim mumkinki, biz Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va pirovard natijada muzokaralar asosida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga ko‘maklashishda davom etamiz”, - dedi u.