Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Eron yadroviy huquqlarini himoya qiladi

Eron yadroviy huquqlarini himoya qiladi

Eron Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya vakillari bilan juma kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda o‘zining yadroviy huquqlarini, jumladan uranni boyitish borasidagi huquqlarini himoya qiladi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi davlat matbuoti tomonidan chop etilgan videoda ma’lum qilgan.

Arag‘chining ta’kidlashicha, muzokaralardan maqsad Yevropa davlatlariga o‘tgan oy Isroil va Amerikaning yadroviy dasturiga qarshi so‘nggi harbiy harakatlariga qaramay, Eron pozisiyasining o‘zgarmasligini yetkazish bo‘ladi.

Vazirning ta’kidlashicha, Eron o‘z yadroviy dasturini mantiqiy tarzda rivojlantirishga doimo tayyor.

Kiritildi: 08:45 25.07.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!