Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Kambodjadan Tailand bilan chegaradagi mojaroning kuchayishi yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha so‘rov oldi va maslahatlashuvlar olib bormoqda.
Bu haqda jurnalistlarga iyul oyida Xavfsizlik kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Pokistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.
"Raislikka Kambodjadan Kengashning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida so‘rov kelib tushdi. Biz maslahatlashuvlar o‘tkazmoqdamiz, yig‘ilish hali belgilanmagan", - deya xabar qildi missiya matbuot xizmati.