Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ma’lum qildi.
"HAMASning so‘nggi tinchlik taklifiga bergan javobi harakat o‘t ochishni to‘xtatishga sira ham intilmayotganini yaqqol ko‘rsatdi. Endi AQSh zudlik bilan asirlikdagi isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muqobil yo‘llarni ko‘rib chiqmoqchi, shuningdek, G‘azo aholisi uchun barqaror vaziyat yaratishga urinib ko‘radi", — Stiv Uitkoff.
CNN'ning xabar berishicha, Isroil ham o‘z muzokarachilarini maslahatlashuv uchun chaqirib olgan.