Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilindimi?

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yil 19 iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Unda yozilishicha, mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilgan va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan.

Xususan, 2021 yil 19 maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

“Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas”, deyiladi bayonotda.

Sababi, 2024 yil 24 maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilab beruvchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

▪️ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida C1 darajasida;
▪️ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikasiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha — kamida B2 darajasida;
▪️ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari bo‘yicha — kamida B1 darajasida.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, vazirlik PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatdi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘radi.

Kiritildi: 13:08 24.07.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!