Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
Sirdaryoda fuqaro turmush o‘rtog‘ining Cobalt’ini yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urishi oqibatida avtomashina majaqlanib, yonib ketdi.
Joriy yilning 16-iyul kuni soat 17:10 lar atrofida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 122-chaqirig‘i hududida 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi R.N. o‘zining turmush o‘rtog‘i R.O.ga tegishli bo‘lgan "Cobalt" rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan paytda, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Barcha harakat qatnashchilaridan harakat davomida amaldagi yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz,- deyiladi xabarda.