Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Mirzo Ulug‘bek tumanida transformator yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida transformator yonib ketdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan podstansiyada 17 iyul tongida yong‘in chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar soat 01:37 da yetib borib, yong‘inni soat 02:06 da to‘liq o‘chirishgan.

Toshkent shahar elektr tarmoqlariga ko‘ra, yuklama ortib ketishi oqibatida yuqori kuchlanishli uskunalarda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Bu nosozlik soat 02:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan. Hodisa tufayli tumanda “cvet” vaqtincha o‘chgan, hozirda elektr ta’minoti butunlay tiklangan.

Kiritildi: 12:20 17.07.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!