Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda elektr energiyasi o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda elektr energiyasi o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kasbi tumanida joylashgan “SH.SH.A” fermer xo‘jaligi suv chiqarish nasosini o‘zboshimchalik bilan taqmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 781 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:47 17.07.2025. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!