Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.X. va boshqalar fuqarolar S.M. va M.X.ning ishonchiga kirib, ularga 40 mln so‘m evaziga gӯyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 400 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.