AQShning WORLD POPULATION RIVER nashri o‘rik yetishtiruvchi mamlakatlar xaritasini e’lon qildi. Shuningdek, Italiyaning cherrytimes.it nashri ham o‘rik yetishtiruvchi davlatlarning TOP 10 taligini e’lon qildi.
Bularning barchasida O‘zbekiston yetakchi davlatlar qatoridan joy oldi. O‘zbekistonda 2024 yil yakunida 527 ming tonna o‘rik yetishtirilgan. Bu dunyoda o‘rik yetishtirish bo‘yicha ikkinchi o‘rin, demakdir.
O‘zbekiston uchun Xitoy – eng yirik bozorlardan biri. 2016 yili Xitoy 5,8 milliard dollarlik meva import qilgan. 2030 yilga borib, faqat gilos, olxo‘ri, uzum va o‘rik mevalari importi 1,8 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda.