Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik tuman bo‘limlari tugatiladi

2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik tuman bo‘limlari tugatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–105-son Farmoni e’lon qilindi.

☑️ Bunga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan boshlab:
▪️Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tugatiladi.

▪️Bular o‘rniga har bir tuman va shaharda 1-3 nafar xodimdan iborat ixcham servis ofislari tashkil etiladi. Bu ishlar faoliyatni raqamlashtirish hisobidan amalga oshiriladi.

☑️ 2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi yangiliklar joriy qilinadi:
▪️“Mening pensiyam” onlayn xizmati orqali fuqarolar o‘z ish staji va oylik maoshiga qarab pensiya miqdorini oldindan bilib olishlari mumkin bo‘ladi;
▪️Pensiya bilan bog‘liq barcha xizmatlar elektron va interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

☑️ 2025 yil 1 oktyabrgacha:
▪️Majburiy ijro byurosi — pensiyadan qarz undirishdan oldin fuqaroni oldindan xabardor qilish tizimini joriy qiladi.

Kiritildi: 05:28 17.07.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!