Kecha Savdo-sanoat palatasi o‘tkazgan muloqotda Central Asian Medical University rektori Nurillo Mamasadikov SSV nazoratida standartlarga javob beradigan klinikalarga bunday huquq berishni qo‘llab-quvvatladi.
Qashqadaryo viloyat SSB boshlig‘ining aytishicha, hozirda prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Hujjat 2–3 hafta ichida qabul qilinishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Jaloliddin Asamutdinov rejaga ko‘ra birinchi bosqichda ko‘z a’zolari transplantasiyasiga ruxsat berilishini qo‘shimcha qildi.