Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

FARG‘ONADA 2,1 MLRD SO‘M KREDIT QARZDORLIGI UNDIRILDI

FARG‘ONADA 2,1 MLRD SO‘M KREDIT QARZDORLIGI UNDIRILDI

Farg‘onada katta qiymatdagi noturar bino auksiondan omon qoldi.

Gap shundaki, "F.M.F." MCHJ "Invest Finans Bank"dan 2 milliard 124 million so‘mdan ziyod (166 ming AQSh dollaridan ortiq) qarz bo‘lib qolgandi. Bu qarz uchun "M.X."ga tegishli, Farg‘ona shahridagi 3 qavatli, qiymati qariyb 3 milliard so‘mga baholangan hashamatli noturar bino garovga qo‘yilgan, uni auksionga chiqarish xavfi mavjud edi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorga va bino egasiga jiddiy ogohlantirish berishdi: "Yo to‘laysiz, yoki mulk auksionga chiqadi!"

Bu qat’iy talab o‘z samarasini berdi! 2025 yil 14 iyul kuni – ijro ishi qo‘zg‘atilganidan atigi bir kun o‘tib – qarzdor 2,1 milliard so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi va 42 million so‘m ijro yig‘imini to‘liq naqd pulda to‘lab berdi!

Natijada, 2025 yil 15 iyul kuni, O‘zbekiston qonuniga ko‘ra, ijro ishi zudlik bilan tamomlandi. Bino omon qoldi, bank pulini oldi, MIB esa yana bir bora qonun ustuvorligini ta’minladi.

Kiritildi: 20:57 16.07.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!