Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bloger ayol o‘zining kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini o‘zaro urishtirdi

Bloger ayol o‘zining kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini o‘zaro urishtirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kichik yoshdagi bolalarni o‘zaro urishtirayotgani aks etgan video tarqaldi.

📌 Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, unga huquqiy baho berish maqsadida 14 iyul kuni Ichki ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborildi.

🔍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani IIB ma’lumotlariga ko‘ra, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro A.G. (1993 yilda tug‘ilgan) 13 iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish vaqtida o‘zining kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini go‘yoki hazillashib o‘zaro urishtirgan va bu holat aks etgan videoni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

⚖️ Kecha, 15 iyul kuni fuqaro G.A. bola manfaatiga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi — bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik — bilan javobgarlikka tortildi.

👨‍👩‍👧 Hozirda mazkur oila tegishli mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olindi.

❗Bolaning tarbiyasi uchun birinchi navbatda ota-ona mas’ul. Farzandi uchun shaxsiy namuna bo‘lish o‘rniga, uni tajovuzkor xulq va shafqatsizlikka undayotgan ota-onalarning o‘zi afsuski, tarbiyaga muhtoj. Bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish — jamiyatning har bir a’zosi zimmasidagi vazifadir. Zero, bola — davlat va qonun himoyasida.

Kiritildi: 19:59 16.07.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!