Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Maxsus sinovlar yo‘nalishlar kesimida belgilangan bo‘lib, ular quyidagi tartibda tasdiqlangan:
Ta’lim
San’at va gumanitar fanlar
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Biznes, boshqaruv va huquq
Tabiiy fanlar, matematika va statistika
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Xizmatlar sohasi
Eslatib o‘tamiz, ushbu ballar xorijiy va nodavlat OTMlardan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishni istagan talabalar uchun belgilangan. Ularning asosida maxsus test sinovlari o‘tkaziladi va har bir soha uchun belgilangan minimal o‘tish ballidan yuqori natija talab etiladi.