Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab 1 800 dan ortiq avtomatlashtirilgan foto va video qayd etuvchi kameralar (radarlar) o‘rnatilgan.
📍 Bu kameralar qo‘yidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi:
Belgilangan tezlik me’yoridan oshib ketish
Signal chirog‘i qoidalarini buzish (masalan, qizil chiroqda o‘tish)
Yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari talablarini buzish
Avtomobilni xavfsizlik kamarisiz haydash
Haydovchining qo‘l telefonidan foydalanishi
📌 Kameralar respublika bo‘yicha yo‘l harakatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtirilgan.