Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

NATO Bosh kotibi Rossiya bilan savdo qilgani uchun uch davlatni sanksiyalar bilan qo‘rqitmoqda, ular orasida Xitoy ham bor

NATO Bosh kotibi Rossiya bilan savdo qilgani uchun uch davlatni sanksiyalar bilan qo‘rqitmoqda, ular orasida Xitoy ham bor

Braziliya, Xitoy va Hindiston Rossiya bilan savdoni to‘xtatmasa, ikkilamchi sanksiyalarga duchor bo‘lish xavfi bor.

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.

"Men ushbu uch mamlakatni, ayniqsa, agar siz Pekin yoki Dehlida yashayotgan bo‘lsangiz yoki Braziliya prezidenti bo‘lsangiz, bunga e’tibor berishingizni so‘rayman, chunki bu sizga juda qattiq ta’sir qilishi mumkin", dedi Ryutte.

NATO Bosh kotibi, shuningdek, Yevropa Ukrainaning tinchlik muzokaralarida eng yaxshi pozisiyaga ega bo‘lishini ta’minlash uchun zarur mablag‘ ajratgan holda barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar 50 kun ichida Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik bojlar joriy etishga va’da bergan edi.

Kiritildi: 10:10 16.07.2025. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!