Rossiya Federasiyasi Xabarovsk o‘lkasining Oxotsk qishlog‘idan Magadanga yo‘l olgan holda g‘oyib bo‘lgan vertolyot topildi.
Bu haqda Uzoq Sharq operativ xizmatlari ma’lum qildi.
Vertolyot bortida bo‘lgan besh kishining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Bir kun avval "Vzlet" aviakompaniyasining Mi-8 vertolyoti Oxotsk qishlog‘idan Magadanga uchayotgan vaqtida g‘oyib bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Bortda uchta ekipaj a’zosi va ikkita texnik bo‘lgan; ta’mirlash ishlarini yakunlab, manziliga uchib ketishgan.
Rosaviasiya yomon ob-havo sharoiti tufayli samolyotni qidirishni to‘xtatgandi.