Isroil 15 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining tegishli iltimosiga binoan Suriya harbiy ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishga va’da berdi.
Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya hukumati Isroilni As-Suvayda hududiga tanklar yuborish haqida oldindan xabardor qilgan va bu mintaqada tartib o‘rnatish maqsadida qilinganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni janubdagi As-Suvayda viloyatida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan, shiddatli otishmalar davomida kamida 46 druz, 28 badaviy va yana 4 tinch aholi halok bo‘lgan. Mojaroni tugatish uchun Damashqdan janubga yuborilgan hukumat kuchlarining yo‘qotishlari 18 jangchini tashkil etdi.
Rasmiylar As-Suvaydada komendantlik soati joriy qildi, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari va o‘tish davri hukumati Mudofaa vazirligi shaharning markaziy qismini tozalash operasiyasini o‘tkazdi va u yerdan o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmalarini haydab chiqardi. Druzlar jamoasining shayxlari hukumat qo‘shinlarining As-Suvaydaga kirishini olqishlab, mahalliy jangchilarni “qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatib, qurollarini rasmiylarga topshirishga” chaqirishdi.