Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

BMW va Ford to‘qnashishi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

BMW va Ford to‘qnashishi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Federasiyasining Kaluga viloyati Ferzikovo tumanida ikki avtomobil ishtirokidagi og‘ir YTHda besh kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda IIVning viloyat bo‘yicha "Telegram" kanalida ma’lum qilindi.

"2025 yil 15 iyul kuni soat 20:30da Kaluga-Ferzikovo-Tarusa-Serpuxov avtomobil yo‘lining 48-kilometrida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki avtomobil to‘qnashgan: BMW va Ford.

Hodisa oqibatida BMW’ning 1972 yilda tug‘ilgan haydovchisi, BMW’ning uch nafar yo‘lovchisi va Ford’ning 1965 yilda tug‘ilgan haydovchisi halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Hozirda YTH sodir bo‘lgan joyda Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari va tezkor-qidiruv guruhi ishlamoqda. Voqea sabablari aniqlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi viloyat boshqarmasi.

Kiritildi: 08:40 16.07.2025. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!