AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan 50 kundan tezroq ikkinchi darajali bojlar joriy etilishini istisno qilmasligini aytdi.
Bu haqda seshanba kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.
"Rossiya uchun belgilangan muddat 50 kundan tezroq kelishi mumkin", — deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Dushanba kuni Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 50 kun ichida hal qilib bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga ikkilamchi bojlar joriy etishini aytdi. Keyinchalik uning ma’muriyati bu choralar neftga ta’sir qilishini tushuntirdi.
Tramp, shuningdek, urush nuqtai nazaridan na Moskvani, na Kiyevni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. "Men hech kim tomonida emasman", - deya Amerika prezidentining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Shu bilan birga, qator G‘arb OAVlarining yozishicha, Tramp, uning fikricha, Ukraina tomoni “Moskvani nishonga olishi shart emas”ligini ta’kidlagan.