AQShning BMTdagi doimiy vakili nomzodi Mayk Uolts ma’muriyat Suriyaga ta’sir ko‘rsatgan sanksiyalarni bekor qilishni davom ettirish niyatida ekanini aytdi.
Mayk Uolts AQSh Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasidagi tinglovda shu haqda gapirdi.
"Mintaqada kutilayotgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun bir qator sanksiyalarni bekor qilish kerak", — dedi u.
Uolts tasdiqlansa, bu borada AQSh ittifoqchilari bilan birgalikda ish olib borishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Eron ta’siriga va sobiq prezident Bashar al-Assad rejimiga qarshi kurashish maqsadida kiritilgan, biroq u bekor qilinishi kerak bo‘lgan aniq cheklovlarga aniqlik kiritmagan.