Isroil harbiylari G‘azo sektori shimolidagi janglarda o‘nlab qurolli radikallarni yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
"Beyt Xanun hududida isroillik askarlar yaqin masofadan o‘nlab terrorchilarni yo‘q qildi, shuningdek, terrorchilar ob’ektlarini, jumladan, yer osti tunnellari va uchirish maydonchasini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Armiya, shuningdek, askarlar katta miqdorda portlovchi moddalar topgani haqida xabar berdi. Shundan so‘ng Isroil harbiy-havo kuchlari bu hududga zarba berib, xavfli ob’ektni zararsizlantirdi.