Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal iste’foga chiqdi

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal iste’foga chiqdi

Shmigal iste’fo to‘g‘risidagi arizasini o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.

14 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga Denis Shmigalni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlashni taklif qilgan edi.

Bosh vazir lavozimiga esa Zelenskiy hozirda iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlayotgan Yuliya Sviridenko nomzod sifatida ilgari surmoqda.

Denis Shmigal 2020 yil mart oyidan buyon Ukraina hukumatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Yuliya Sviridenko esa 2021 yil noyabrdan buyon Shmigalning birinchi o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri sifatida ishlamoqda.
Ukraina Mudofaa vazirligi 2023 yil sentyabridan beri Rustem Umerov tomonidan boshqarib kelinmoqda. O‘tgan haftada Zelenskiy uni Ukrainaning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkinligini istisno etmagandi.

Kiritildi: 19:10 15.07.2025. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!