Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari manbalariga ko‘ra, Isroil Qo‘shinlari tomonidan G‘azo sektorida amalga oshirilgan navbatdagi havo hujumlari natijasida kamida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Hujumlar vaqtida bir nechta shaxs jarohat olgani ham ma’lum qilindi.
Aviahujumlar, jumladan, G‘azo shahrining shimolida joylashgan qochqinlar lageri — Shati va yaqin atrofdagi palatkalar shaharchasini nishonga olgan.
Hujumlar oqibatida ko‘plab binolar zararlangan, qurbonlar soni ortishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.