"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni sotib olish bandi qachon o‘zgarishi ma’lum bo‘ldi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, Arauxoning 65 million yevroga sotib olish to‘lovi bugun, 15 iyul kuni tugaydi. Manbaga ko‘ra, ertadan boshlab istalgan klub urugvaylik futbolchining shartnomasini faqat 1 milliard yevro to‘lagan taqdirdagina sotib olishi mumkin bo‘ladi.
26 yoshli Arauxo 2018 yildan buyon "Barselona" safida o‘ynab kelmoqda. U asosiy jamoa safida barcha musobaqalarda 175ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari himoyachining narxini 35 million yevroga baholagan.