AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda futbolga nisbatan qo‘llaniladigan so‘zni o‘zgartirish haqidagi farmonni imzolashi mumkin.
U bu haqda DAZN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ko‘pgina ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda futbol football deb ataladi. AQShda bu sport turining ingliz tilidagi rasmiy nomi soccerdir.
"O‘ylaymanki, biz buni uddalay olamiz" - deb javob berdi Tramp sport nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ijro farmoyishi mumkinligi haqidagi savolga.