Slovakiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar uchun ovoz berish evaziga Yevropa komissiyasidan energiya resurslari bo‘yicha taklif qilingan kafolatlar loyihasini oldi.
Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso o‘zining "Facebook" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan videomurojaati chog‘ida ma’lum qildi.
"Stolda komissiyaning kafolatlar bo‘yicha yozma taklifi turibdi, u bizga Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketi bo‘yicha ovoz berish evaziga taklif qilindi", — dedi Fiso.
U kelib tushgan takliflarni koalisiya va muxolifatdan siyosiy partiyalar rahbarlariga o‘rganish uchun yetkazishini ta’kidladi.