Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun Patriot raketaga qarshi raketa tizimlarini sotib olishini tasdiqladi.
U bu haqda o‘zining "Telegram" kanalida e’lon qilingan kechki murojaatida ma’lum qilgan.
"Men jamoamizdan minnatdorman, AQSH, Germaniya va Norvegiyaga Ukraina uchun yangi Patriot qarorini tayyorlaganliklari uchun rahmat" - dedi u.
Germaniya ikkita Patriot, Norvegiya bittasi uchun pul to‘lashga tayyorligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQShdan keladigan yangi qurol-yarog‘lar orasida Patriot havo mudofaa tizimi ham bo‘lishini aytgan edi. Unga ko‘ra, 17 ta ana shunday komplekslarni yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.