Boltiqbo‘yi davlatlari "dron devori"ning yagona konsepsiyasini – dronlariga qarshi kurash tizimini ishlab chiqishi kerak.
Bu haqda Litva milliy televideniyesi LRTning kechki ko‘rsatuvining "Kun mavzusi" dasturida mudofaa va koinot bo‘yicha Yevropa komissari Andrius Kubilius ma’lum qildi.
"Men Litva va sharqiy chegarani mudofaa qilish rejasi, uni jismoniy himoya qilish rejasi ustida ishlayotgan mintaqa davlatlarini yerda jismoniy to‘siqlar yaratishdan tashqari, dron devorini yaratishga chaqiraman. Men Boltiqbo‘yi davlatlari bu tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha yagona konsepsiyaga muhtoj, deb hisoblayman", dedi u.
Kubiliusning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kun tartibida tayyorgarlik masalalari turibdi. "Hozir nafaqat dronga qarshi qurilmalarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, balki, ularni omborlarda saqlash kerak. Mutaxassislarni o‘qitish, guruhlarni tayyorlash kerak. Shoshilinch ravishda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan modellarni moslashuvchan ishlab chiqarishga tayyorlash shart", - deya ta’kidladi Yevropa komissari.