Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainaga harbiy yordam berish maqsadida NATO davlatlariga 10 mlrd dollarlik qurol sotadi

AQSh Ukrainaga harbiy yordam berish maqsadida NATO davlatlariga 10 mlrd dollarlik qurol sotadi

AQSh hukumatining taxminiga ko‘ra, NATO bilan tuzilgan yangi kelishuvga ko‘ra, alyans ittifoqchilari Kiyev uchun jami 10 milliard dollarga Amerika qurollarini sotib oladi.

Bu haqda Axios portali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

"Rejalardan xabardor manbaning Axios nashriga aytishicha, AQSh dastlab NATO ittifoqchilariga taxminan 10 milliard dollarlik qurollarni sotadi. Ukraina uchun mo‘ljallangan yetkazib berishlar ro‘yxati yakunda raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya snaryadlarini o‘z ichiga oladi", deyiladi maqolada.

Portalning ikki manbasi bunday kelishuvlar bo‘yicha uzoq masofali raketalar ham Kiyevga yetkazilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bilan kelishuvga ko‘ra, Ukrainaga milliardlab dollarlik harbiy texnika jo‘natilishi va xarajatlar Yevropaga tushishini aytgandi.

Kiritildi: 08:50 15.07.2025. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!