Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’muriyati AQShning Zangezur transport koridorini boshqarish rejalari haqidagi xabarlardan bexabar.
Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyatidagi manba ma’lum qilgan.
"Biz bundan bexabarmiz, shuning uchun hech narsaga izoh bera olmaymiz", — deyiladi bayonotda.
Avvalroq AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barak Nyu-Yorkda jurnalistlarga Vashington 100 yillik ijara asosida 32 kilometrlik Zangezur yo‘lagi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga tayyorligini ma’lum qilgandi.