Krishtianu Ronalduning o‘g‘li "Barselona" vingeri Lamin Yamalni otasiga qiyosladi.
Kuni kecha "ko‘k-anorranglilar"ning yosh yulduzi 18 yoshga to‘ldi. Ispaniyalik kichik Krishtianu Ronaldudan atigi uch yosh katta.
"Lamin hozir Krishtianudan yaxshiroqmi? Ha, Yamal yaxshi, lekin u hali hech narsa yutgani yo‘q," - deya afsonaviy portugaliyalikning o‘g‘lining javobini keltiradi Barca Universal.
Kichik Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yoshlar akademiyasida o‘ynaydi. Iyun oyi oxirida uning otasi klub bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.