G‘azo shimolidagi portlashda uch nafar Isroil askari o‘ldi.
The Times of İsrael nashri xabar berishicha, halok bo‘lgan shtab-serjant Shoham Menaxem (21), serjant Shlomo Yakir Shrem (20) va serjant Yuli Faktor (19) 401-zirhli brigadaning 52-batalyoni askarlari bo‘lgan.
Isroil armiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, askarlar kecha tushga yaqin G‘azo shimolidagi Jabalya shahrida sodir bo‘lgan portlashda shikastlangan tankda bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir isroillik zobit tan jarohati olib, og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Harbiylarning aytishicha, portlash sabablari tekshirilmoqda.