Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

1247 kg giyohvandlik vositalari olib o‘tishga urinildi

1247 kg giyohvandlik vositalari olib o‘tishga urinildi

2025 yil 1-yarim yillik yakunlariga davlat byudjetiga 34 trln so‘m bojxona to‘lovlari o‘tkazilgan.

Aniqlangan 19 mingdan ziyod kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 564 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan valyuta qimmatliklari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa qariyb 2 barobarga ortgan.

1247 kg giyohvandlik vositalari, 156 kg psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar olib o‘tish ishlari to‘xtatib qolingan.

Kiritildi: 06:19 15.07.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!