Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Brawl Stars o‘ynagan bola otasi bilan birga so‘roq qilindi va tergovga tortildi

Brawl Stars o‘ynagan bola otasi bilan birga so‘roq qilindi va tergovga tortildi

Sankt-Peterburglik 14 yoshli o‘spirin Brawl Stars o‘yini vaqtida boshqa geymerlar bilan janjallashib qolgani uchun otasi bilan birga mahalliy polisiya bo‘limiga chaqirilgan. Rossiya polisiyasiga voqea haqida Interpol xabar bergan.

Bola boshqa ishtirokchilarni haqoratlagan va qurol sotib olib, adabini berish bilan tahdid qilgan. Dalil sifatida uning Interpol tomonidan yuborilgan o‘yin chatidagi yozishmalari skrinshotlari keltirildi.

Ayblanuvchi haqiqatan ham o‘yinning boshqa ishtirokchilarini haqorat qilganini tan oldi va kechirim so‘radi. U o‘yin jangining bir qismi sifatida virtual qurol haqida gaplashayotganini tushuntirdi, ammo bu o‘yinda qurol sotib olishning iloji yo‘q.

Mojaro chog‘ida suhbat diniy mavzularga ham borib taqalgan. Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari ketmoqda.

Kiritildi: 05:38 15.07.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!