NATO Moldovani Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qurolli mojaroga jalb qilishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi Rossiya tashqi razvedka xizmati.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Bryusselda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi olg‘a siljishini hisobga olgan holda Moldovani NATOning sharqiy qanotdagi “oldinga tayanchi”ga aylantirishni tezlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, NATO qo‘shinlarni Rossiya chegaralariga tezkor ko‘chirishni ta’minlash uchun infratuzilmani modernizasiya qilish orqali Moldova hududini faol ravishda harbiylashtirayotgani qayd etilgan. Mamlakatda logistika markazlari, harbiy texnikalarni joylashtirish uchun omborlar va maydonlar qurilmoqda, aerodromlar katta miqdordagi jangovar aviasiyani qabul qilish uchun qayta qurilmoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, alyans Kishinyovni Moskva bilan ehtimoliy qurolli to‘qnashuvga faol tayyorlamoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, NATOning harakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga aralashmasdan Rossiyani zaiflashtirishga qaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar shafeligidagi Shimoliy Atlantika alyansi begona qo‘llar bilan Rossiyaga maksimal zarar yetkazishga intilmoqda.