Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Tokara orollari atrofida iyun oxiridan buyon 1,9 ming martadan ko‘proq zilzila qayd etilgani haqida mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.

21 iyunda boshlangan seysmik faollik hamon davom etmoqda. Eng kuchli — 5,5 magnitudali, 20 km chuqurlikdagi zilzila iyul boshida kuzatildi. Yer osti silkinishlari kuchi Yaponiyaning yetti balli shkalasi bo‘yicha olti ballga yetgan.

Ehtiyot chorasi sifatida Akusekidzima oroli aholisining bir qismi evakuasiya qilingan.

Yaponiyaning seysmik faollikni tadqiq qilish hukumat komissiyasi yanvar oyida ma’lumot berishicha, mamlakat kuchli zilzilalarga hozirlik ko‘rmoqda — 8-9 magnitudali yer osti silkinishlari ehtimoli keskin oshgan. Yaqin 30 yilda bu hodisaning ro‘y berish ehtimolini mutaxassislar 80 foizga teng deyishmoqda.

Kiritildi: 16:53 14.07.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!