Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi, bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e’tiroz keltirib chiqardi.
Holat Ekologiya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birga o‘rganildi. O‘rganish natijasida ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida fuqaro I.N. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Unutmang! Tabiatdagi har qanday tirik jonzotlarga nisbatan noҷoya, o‘rinsiz, shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangan va qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlik belgilangan.