Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik futbolchi turnirning yettita o‘yinidan oltitasida ishtirok etib, uchta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Palmer ulardan ikkitasini turnir finalida kiritdi. Umuman olganda, futbolchi o‘tgan mavsumda 53 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Palmer, shuningdek, londonliklar Fransiyaning "PSJ" klubini mag‘lub etgan (3:0) final o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Chelsi" bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallab, tarixda ikkinchi marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Turnirda faqat “Barselona” (3) va “Real Madrid” (5) klublari ko‘proq g‘alaba qozonishgan. “Ko‘klar” birinchi marta 2021 yilda kubokni qo‘lga kiritishgandi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)

Kiritildi: 10:14 14.07.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!