Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yovvoyi hayvonlarning robotlarga tishi o‘tmaydi

Yovvoyi hayvonlarning robotlarga tishi o‘tmaydi

AQSh aerodromlarni yovvoyi hayvonlar va qushlardan himoya qilish uchun g‘ildirakli robotlardan foydalanishni boshladi.

Yovvoyi hayvonlar, ayniqsa qushlar aerodromlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Qushlar samolyot dvigatellariga kirib, old oynalarni sindirib, boshqaruv panellarini buzadi. Quyonlar, kiyiklar va boshqa sutemizuvchilar uchish-qo‘nish yo‘laklariga kirib, jihozlarga zarar yetkazishi, teshik qazishlari, uya qurishlari mumkin. Yangi robotlar esa ana shu yovvoyi faunani qo‘rqitib, daf qilib turadi. Narxi taxminan 3000 dollar.

Kelgusida ixtirochilar robotlarni zamonaviy dronlarga xos imkoniyatlar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda: dasturlashtiriladigan marshrutlarni qo‘llab-quvvatlash, turli joylarga moslashish, bir necha kun davomida avtonom ishlash va tanib olish tizimi. Bu robotlarga turli vaziyatlarga moslashish va eng samarali qo‘rqitish taktikasini qo‘llash imkonini beradi.

Kiritildi: 05:14 14.07.2025. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!